Tozalikka intilish - kamolot debochasi
Joriy yilning 17 fevral kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti tyutori D.Xursandova tomonidan 1-talabalar turar joyida yashaydigan talabalar holidan xabar olindi. Talabalarning xonalarini tozaligi va oshxonaning holati ko’zdan kechirildi.
Tadbirda "Sog‘ tanda sog'lom aql" naqliga amal qilib yashash insonni ham ruhiy, ham jismoniy tomondan kamolotga yetishiga imkoniyat beruvchi omil ekanligi haqida, shu tufayli ajdodlarimiz uy-joy, atrof-muhitni toza tutish barobarida o‘z qalblarini ham pokiza tutishgani haqida ma'lumotlar berib, yig‘ilish ishtirokchilariga xonalarini toza ozoda saqlashlari va shaxsiy gigienaga rioya qilish hamda qalb kamolotiga erishishga turtki beruvchi purma'no tavsiyalar berib o’tdi.
"GTQ" fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti
Universitet matbuot xizmati