17.02.2024
Abdulla Oripov muzeyi
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110 - guruh faol talaba-yoshlari bilan universitetimiz axborot resurs markazida joylashgan Abdulla Oripov muzeyiga tashrif uyushtirdik.
Muzeyda adibga tegishli bo‘lgan qiziqarli eksponatlar va malumotlar bilan tanishdik. Talaba- yoshlar Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlardan ham o‘qib berishdi.
Men nechun sevaman O‘zbekistonni,
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo.
Xo‘sh, nechun vatan, deya eru osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati