17.02.2024
Maktablarda targ‘ibot-tashviqot ishlari
Universitetga abiturientlarni keng jalb qilish maqsadida Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan 289-sonli matematik faniga va 291-sonli informatika faniga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
Tashrif jarayonida bo‘lim tomonidan Universitetni tanishtirish, targ‘ibot etish, ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida qabul kvotalari va 2023/2024 o‘quv yilidagi har bir ta’lim yo‘nalishlarining davlat granti va shartnomada qabul qilish ballari to‘g‘risida tashviqot ishlari taqdimotlari o‘tkazildi.