TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2024

Yuksak nufuzli xalqaro anjuman

Xotin-qizlarning mamlakatimizdagi nufuzi, ilmiy va rahbarlik salohiyati yildan - yilga oshib borayotgani Gender tengligi siyosatining amaldagi ifodasidir desak, to’g’ri bo’ladi.

Muhtaram Prezidentimizning “Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz oʻqib, oliy maʼlumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega boʻlsa, xonadondagi muhit butunlay oʻzgaradi” degan fikrlari bejiz emas. Xuddi shu ma’noda mutafakkir jadid bobomiz Abdurauf Fitratning “Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir” degan mulohazalari ham ayni haqiqat.

Bugun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Taʼlim transformatsiyasi: ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli” mavzusidagi 4 - Xalqaro  ilmiy-amaliy anjuman ham ana shu ruhda bo’ldi. 

Ushbu konferensizyaning yuqori darajadagi nufuzini hamkorlar va ishtirokchilar tarkibiga qarab anglab olish qiyin emas.

 Hamkorlar:

  • OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
  • OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
  • BRITANIYA KENGASHI
  • OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KASABA UYUSHMALARI
  • RESPUBLIKA OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASI
  • RESPUBLIKA OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASI HUZURIDAGI “OILA VA GENDER” ILMIY TADQIQOT INSTITUTI
  • OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YUNESKO ISHLARI BOʻYICHA MILLIY KOMISSIYASI
  • OʻZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI
  • ERASMUS+
  • ESVATINI UNIVERSITETI
  • EBERSVALDE BARQAROR RIVOJLANTIRISH UNIVERSITETI
  • LYUBLYANA UNIVERSITETI
  • KEIMUNG COLLEGE UNIVERSITY

          IshtirokchilarOʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar rahbarlari, Britaniya kengashi, Ural Federal Esbatini universiteti, GermaniyaEbersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti, Oksford universiteti, Janubiy Koreya —  Keimung Kollej UniversitetiChexiyahayot fanlari universiteti dotsenti, Turkmaniston qishloq xoʻjaligi universiteti, AQSHdagi Til mukammaligi va texnologiyalari Markazi, Sloveniyadagi Sifat Oliy taʼlim instituti, Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti, Puchong Universiteti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiUkraina milliy Akademiyasi, Moskva Lingvistika universiteti, “Mahalla va Genderilmiy tadqiqot instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutimilliy tadqiqot universiteti va universitetimiz rahbarlari va xodimlari hamda Respublikada faoliyat olib borayotgan barcha OTM professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchi-olimlar hamda talaba-qizlardan iborat boldi.

          Xalqaro anjumanni universitetimiz rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich ozlarining tabrik nutqi va kirish sozlari bilan ochib berd hamda nufuzli mehmonlarga soz berdi.

So’ngra tadbirni moderator sifatida universitet prorektori Tohir Sultonov boshqarib bordi. Keyinchalik anjuman sho’balarga bolingan holda davom ettirildi. Professor  o’qituvchilarimizdan Zuhra Ismoilova, Durdona Mustafoyeva va Guzal Eshchonovalar sho’balarni boshqarib borishdi. Jarayon ZOOM dasturi orqali ham uzatib turildi.

Konferensiya doirasida yurtimiz olimlaridan 300 dan ortiq, xorijlik olimlardan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushgan boʻlib, shularning 150 tasi qabul qilindi. Konferensiya materiallariga DOI raqam olinib Polshaning Indeks Copernikus, Angliyaning Euro pub, Rossiyaning Cyberleninka, Yevropaning Zenodo va Open Aire xalqaro ilmiy bazalariga joylashtirildi hamda Google akademiya xalqaro ilmiy qidiruv tizimida indekslandi. Konferensiya materiallari “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnalining maxsus soni sifatida nashr etildi. 

          Bugungi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsadi respublika va xorijdagi olima ayollarning taʼlim va ilm-fan sohalaridagi tajriba va yutuqlari  bilan tanishish, ilmiy anʼanalari borasida fikr almashish,  ayollar va yosh qizlarning salohiyatini ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, xotin-qizlarni qoʻllab - quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamini kengaytirish hamda ularni madaniyat-maʼrifat, siyosiy-iqtisodiy ilmiy  ishlardagi nufuzini yanada oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.   

Mamlakatimizda ayollar va qizlarning ilm-fan bilan toʻlaqonli shugʻullanishlariga, undan samarali foydalanishlariga keng va teng imkoniyatlar yaratilganligi barchamizga maʼlum. Bu borada xotin-qizlarning huquqlari va  ularning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” toʻgʻrisida rezolyutsiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb belgilangan.  22-dekabr, 2015-yilda MT Bosh Assambleyasi 11- fevralni — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni sifatida rezolyutsiya qabul qilgani hammamizga ma’lum. 

Mamlakatimiz taʼlim tizimida ayol-qizlarning taʼlim olish huquqini toʻliq taʼminlash muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bugun ayollar taʼlim, madaniyat va va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli ulush qoʻshmoqdalar.  Muhtaram yurtboshimiz tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish boʻyicha  oxirgi yillar davomida 41 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 12 ta qarori hamda hukumatning 25 ta qarori) qabul qilingan. 

 Xulosa o’rnida aytish joizki, xalqaro anjumanda quyidagi masalalar to’la  hal etildi hisobi.  

  • Taʼlim transformatsiyasida gender tenglik masalalari;
  • Ilm-fan taraqqiyotida rahbar ayollarning roli;
  • Taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida olima ayollarning ishtiroki;
  • Xotin-qizlarning taʼlim taraqqiyotidagi huquq va erkinliklari;
  • Ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar va ularning amaliyotga tatbiqi;
  • Ilm – fan  taraqqiyoti, texnika va innovatsiyalar samaradorligini taʼminlashda olima ayollarning ishtiroki;
  • Yangilanayotgan Oʻzbekistonda  xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik va amalga oshirilayotgan maʼnaviy maʼrifiy islohotlar;
  • Taʼlim tizimini modernizatsiyalashda  xotin-qizlarning oʻz qobiliyatlari va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishning shart-sharoitlari;
  • Globallashuv sharoitida xotin-qizlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari;

     Shu asnoda xalqaro anjuman o’z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

 

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI