TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2024

“Yoshlаr ekologiya vа qonunchilik”dаvrа suhbаti

2024-yil 15 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash instituti” Milliy tadqiqot universiteti Ekologiya va huquq fakulteti tomonidan “Yoshlar ekologiya va qonunchilik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengash Ijroiya qoʼmitasi boʼlim boshligʼi Umarxodjaeva Shaxnoza Maqsudovna hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti rais oʼrinbosari Ergasheva Mohinur Odil qizi talabalarga o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirni universitetimiz O’quv ishlari boʻyicha prorektor B.Xudayarov va Ekologiya va huquq fakulteti dekani X.Pirmatov olib bordilar.

Uchrashuvdan maqsad yoshlar oʻrtasida ekologik ta’lim va madaniyatni rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir qonun va qarorlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtiroki va faolligini ta’minlashdir.

Ekologiya va huquq fakultetining “Yurisprudensiya”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” va “Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish” yo’nalishlari talabalari tadbirda faol ishtirok etdilar. Soha mutaxassislariga o’zlarining qiziqtirgan savollarini berib, tegishli javob oldilar.

Universitetning “Ekologiya va huquq” fakulteti yoshlarning ekologik savodhonligini oshirish maqsadida turli hil davra suhbatlarini muntazam ravishda tashkillashtirib kelmoqda. Bugungi tadbirimiz ham jamoatchilik e’tiborini ekologik muammolarga qaratish va ushbu muammolarga yechim axtarishdan iborat.  

 

Ekologiya va huquq fakulteti dekani, X.Pirmatov