TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2024

Ishlab chiqarish yig‘ilish

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Yoshlar masallari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘yicha prorektori R.K.Choriev tomonidan tasdiqlangan reja asosida joriy yilning 13 fevral kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari A.Azimov, A.Xalimbetov, universitet rektori maslahatchisi A.A.Abdusamatov va universitet proflaktika inspektori A.R.Ubaydullaev ishtirokida 4-kurs talabalari bilan “Ishlab chiqarish” yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirni B.B.Hasanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘quv jarayoni grafigi bilan tanishtirish uchun so‘zni dekan o‘rinbosani A.B.Xalimbetovga berdi. Shuningdek A.A.Abdusamatov va A.R.Ubaydullaevlarga so‘z berildi, ular talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun universitetda yetarlicha sharoitlar yaratilganligi, telegram kanallarida va internet saytlarida turli yod oqimlarga kirib qolmasliklari to‘g‘risida ogohlantirib o‘tishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi.

GTQ fakulteti dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati