Milliy ma’naviyatimiz dahosi
2024 yil 13 fevral kuni TIQXMMI MTU “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 1 - Talabalar turar joyida TTJ direktori N.Turaqulova, "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti X.Botirova ishtirokida “Milliy ma’naviyatimiz dahosi” mavzusida Buyuk mutafakkir va davlat arbobi Hazrat Mir Alisher Navoiyning odob-axloq mavzusidagi asarlari, hayot va ijod yo‘li, haqida davra suhbati tashkil etildi. Davra suxbatida so‘z olganlar Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biri ekanligi uning odob - axloq mavzusidagi asarlari har vaqtda dolzarb ahamiyat kasb etishi, bizga insoniylik, yaxshilik, do‘stlik, mehru vafo, bilim va ma’rifat ziyolarini tarayotgani uchun «Milliy ma’naviyat dahosi» ga ta’zim qilamiz. Tadbirda talaba qizlarimiz tomonidan tomonidan Alisher Navoiyga mansub g‘azallar hamda ruboiylar o‘qildi. O‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi bunday tadbirlar, davra suhbatlari talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda o‘z samarasini bermoqda. Tadbir barcha qatnashuvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti
Universitet matbuot xizmati