Vatanni boburdek seving
14 fevral kuni o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 107 - 110 - guruh talabalari bilan "Adiblar хiyoboni"ga tashrif uyushtirdik. Adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat maskani bo‘lmish ushbu go‘zal so‘limda talaba-yoshlar bilan tez – tez uchrashib, ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib turamiz. Bobur dovyurakligi va jasurligi uchun yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini olgan, 12 yoshligida otasi fojiali halok bo‘lgach, valiahd sifatida taxtga o‘tiradi. U adabiyot va tarix, musiqa va san'atdan yaxshi xabardor bo‘lgan, diniy ta'limotga chin ixlos qo‘ygan, shu tufayli doim olimu fozillar davrasida bo‘lgan. Yigitlik yillaridan to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullangan, o‘zidan keyin boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan.
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmagan yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati