Boburga bag‘ishlandi
Talabalarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, hamda buyuklar yozib qoldirgan g‘azal va ruboiylarni yodga olish maqsadida, Vatanga bo‘lgan mehr va sog‘inchini aks ettirgan o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir joriy yilning 13 fevral sanasida “Gidromelioratsiya ” fakulteti 1 kurs talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda fakultet xotin - qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari O. Ro‘zibaev, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoira Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosari O. Bekmurodovalar qatnashishdi.
Bobur o‘zbek tarixida tom ma’nodagi yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib, yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan. Uning lirikasi adabiyotdagi o‘ziga xos lirika. Shubhasiz, she’riyatining asosiy mavzui Vatan, Vatan sog‘inchi bo‘lgan. Taxt uchun qondosh aka-ukalarning dushman bo‘lib kurashishi, atrofdagi insonlarning xiyonati, vatanini birlashtirolmaganidan so‘ng tortgan azoblari va nihoyat umrining so‘nggigacha Vatan sog‘inchi uning she’riyatiga ko‘chgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir so‘nggida shoira o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi.Fakultet jamoasi shoira Ozoda Bekmurodovaning kelgusidagi ijodiy ishlariga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin - qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova hamda tyutori G.Axmedjanovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati