Mejik sitiga sayohat
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 107-guruh talabalari bilan yoshlar uchun eng sevimli maskanlardan biriga aylangan Mejik Sitiga sayohat uyushtirdik. Ko‘l bo‘yida barpo etilgan bu maskan o‘zining go‘zalligi va betakrorligi bilan yoshlarni ham, poytahtimiz mehmonlarini ham o‘ziga birdek jalb qiladi. Mazza qilib suv bo‘yida sayr qilib, do‘stona suhbat qurdik. So‘ngra hamma uchun manzur bo‘ladigan “Oq-tepa lavash” nomi bilan mashhur emakxonaga kirib mazza qilib ovqatlandik. Bu kabi yig‘ilishlar talaba-yoshlarni bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishlariga , do‘stona munosabatlar o‘rnatishlariga yaqindan yordam beradi. Shoir aytganidek:
Talabalik davrim mening,
Davronlarning zo‘risan.
Sen umrlar bahorisan,
Sen umrlar yozisan.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati