12.02.2024
Teatr taassurotlari
Joriy yilning 8-fevral kuni soat 18:00da, 5-TTJda istiqomat qiladigan talabalar Jizzax viloyat musiqali drama teatrining "Hayrat ul-abror" spektaklini tomosha qilish uchun O‘zbek Milliy akademik drama teatriga borishdi. Mir Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan o‘rin olgan birinchi doston - "Hayrat ul-abror" asarini tomosha qila turib katta zavq oldik. Shu tobda ushbu she’rni qayd etgimiz keldi.
Navoiy bu – ko‘lamga ko‘ra
Adoqsiz va benihoyadir.
Navoiy bu – milliy mafkura,
Navoiy bu – milliy g‘oyadir.
Ahli ayol tutmabdir Hazrat,
El lol: «Qanday hayot bo‘ladi?»
Navoiyni anglagan millat
Navoiyga avlod bo‘ladi.
Tarbiyachi-pedagog Sh.Islamova axboroti
Universitet matbuot xizmati