"Suv tinchlik uchun" mavzusi ostida viktorina musobaqasini o‘tkazadi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning suv resurslari va atrof-muhit mintaqaviy loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda, Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalarining (OTMlarning) suv resurslari, energetika, qishloq xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim olayotgan bakalavriatura, magistratura va PhD talabalari o‘rtasida "Suv tinchlik uchun" mavzusi ostida viktorina musobaqasini o‘tkazadi.
Viktorinaning maqsadlari:
- Dunyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida suv resurslariga bo‘lgan insonlardagi ehtiyotkorona munosabatni oshirishga yo‘naltirilgan va jahon miqyosidagi muhim ta'lim-tarbiya tadbirlaridan biri sifatida, Butunjahon suv kunini keng miqyosda nishonlashga yoshlarni jalb etish.
- Ishtirok etuvchi talabalarning jamoada ishlash, auditoriyada chiqish qilish, raqib jamoalar bilan o‘zaro hurmatda bo‘lish, mustaqil ta’lim olish va o‘z fikrlarini ifoda etish kabi ko‘nikmalarini oshirish.
Ishtirokchilar:
Ushbu viktorinada O‘zbekistondagi OTMlarining suv resurslari, energetika, qishloq xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriatura, magistratura va PhD talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Viktorinaning asosiy mavzusi: "Suv tinchlik uchun".
Viktorinada qatnashish uchun ariza berish talablari:
- Jamoalar tarkibi: qiziqqan talabalar 5 kishidan ko‘p bo‘lmagan tarkibda (gender balansiga rioya qilgan holda) jamoa tuzishlari va ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishlari lozim. Ro‘yxatga kiritilmagan qatnashchilar viktorinada ishtirok eta olmaydilar.
- Ariza berish tartibi: Jamoalar ilkhom.nazarov@tetratech.com elektron pochtasiga (nusxasi ard.wave.info@tetratech.com va sayyora.azimova@tetratech.com manzillariga) jamoa nomi va tarkibini (jamoa a'zolarining to‘liq ismlari, shu jumladan kapitanni ham), ta’lim yo‘nalishi va bosqichi, OTM nomi, hamda aloqa qilish uchun tegishli ma'lumotlarini ko‘rsatgan holda (erkin formada) murojaat qilishlari lozim. Shuningdek, jamoalar nima uchun ushbu musobaqada qatnashish istagi borligini tasvirlagan holda motivatsion xat ham taqdim etishlari kerak.
- Arizalarni topshirish muddati: 25 fevral 2024 yil.
Eslatma:
Muddatidan keyin va yuqorida keltirilgan elektron manzildan boshqa aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlar qabul qilinmaydi.
Viktorinani o‘tkasizh:
- Joyi va sanasi: viktorina 2024-yil 13-mart kuni Toshkent shahri Qori Niyozov ko‘chasi 39-uyda joylashgan “TIQXMII” Milliy tadqiqot universitetining “G” binosidagi ma'ruzalar zallari foyesida o‘tkaziladi. Boshlanishi: 10-00da.
- Tili: Viktorina o‘zbek tilida o‘tkaziladi.
- O‘tkazish qoidalari: viktorinada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalarga qo‘shimcha ravishda yuboriladi.
Eslatma:
- agar jamoa ro‘yxatga olingandan so‘ng uning tarkibida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, jamoa bu haqida tashkilotchiga viktorina o‘tkazilishi kunidan uch kun oldin yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali xabar qilishi kerak. Jamoaning yangi a’zosini viktorinaga qo‘yilishi yoki yo‘qligi toʻgʻrisidagi qaror tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi.
- viktorinani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni +998 90 319 39 77 telefon raqami yoki yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali Loyihaning vakili Ilkhom Nazarovga murojaat qilish orqali olish mumkin.