TIQXMMI yangiliklari

img
07.12.2021

Yoshlar bilan o`tkazilgan davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Shu munosabat bilan  2021-yil 6-dekabr kuni TIQXMMI Qarshi filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “Yoshlarni qonun bilan belgilangan haq-huquqlaridan xabardor qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Iste’molchilar huquqlarini himoya qailish jamiyatining Qashqadayro viloyati hududiy tuzilmasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Jalilov, Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining G‘uzor tumani huquqiy maslahat byurosi boshlig‘i S.Bo‘riyev, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Quvvatovlar ishtirok etdi.

 

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Quvvatov ochib  berib,  davlatimiz mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelayotganligi, istiqlol bizni  o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqiga ega bo‘lgan holda avlodlarga ibrat va namuna bo‘ladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga imkon berayotgan buyuk kuch ekanligini ta’kidlab, o‘tirganlarni bayram bilan qutladi. Shundan  so‘ng Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Qashqadayro viloyati huquqiy tuzulmasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Jalilov so‘zga chiqib


O‘tkaziladigan tadqiqot doirasida o‘zimning bu boradagi bir necha shaxsiy fikr va mulohazalarimni bildirib o‘tsam. Qonunning 1-moddasida iste’molchiga berilgan ta’rifda, foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs) deyiladi. Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining byurosi boshlig‘i A.Ergashev so‘zga chiqib Konstitusiyaning hayotimizda ahamiyati, huquqiy ong va bilim naqadar zarurligi xaqida ma’ruza qilib, barchani yana bir bor bayram bilan muborakbod etdi. Tadbir savol-javob asosida davom ettirildi. Mutaxassislarning savollariga  qoniqarli javob bergan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Filial axboroti 

TIQXMMI matbuot xizmati