Institutlar hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 8 - mayda qabul qilingan “Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga jalb qilish maqsadida Italiya Turin politexnika universiteti professori Maurizio Rosso “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi bilan hamkorlikda mashg‘ulotlarini o‘tkazish kelishib olingan edi. Shu munosabat bilan shu yilning 4 - dekabr kuni institutning “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 4 - bosqich talabalari va Toshkent Turin politexnika instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Maurizio Rosso tomonidan birgalikda “Mashinalarda texnik va gidravlik suyuqliklar” mavzusida amaliy mashg‘uloti tashkil etildi.
Maurizio Rosso kafedra laboratoriyasida mavjud bo‘lgan CATERPILLAR mini-gidravlik ekskavatori va CATERPILLAR buldozerining gidravlik sistemasining tuzilishi, ishlash printsipi, asosiy elementlari va ularning vazifalari to‘g‘risida to‘la ma’lumot berdi. Dars mashg’uloti barcha uchun qiziqarli bo‘ldi, o‘zaro fikrlar almashildi, institut zamonaviy laboratoriyalaridan foydalanildi. Ma’lumot uchun, professor Maurizio Rosso “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi bilan 2019 yildan buyon hamkorlik qiladi va birgalikda darslar tashkil etiladi. Mr. Rosso CATERPILLAR rusumidagi mini-gidravlik ekskava-torini o’zi boshqarib ko’rdi, keyingi boshqarish navbati mehmon talabalarga berildi. Shu kabi dars mashg’ulotlari siklik tashkil etiladi va dars savol-javoblarga boy bo’ldi. So’z oxirida Mr. Rosso yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imkoniyat uchun institut ma’muriyatiga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati