TIQXMMI yangiliklari

img
11.02.2024

Vazir Ibrohim Abdurahmonovning universitetimizga tashrifi

       Bugungi kunning talabi davr bilan hamnafaslik, rivojlangan davlatlar tajribasini ommalashtirish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilashdir. Davlatimiz rahbarining islohotlari zamirida ana shu maqsad borligini anglash mumkin. Vazirning tashrifidan ko‘zlangan maqsad Prezidentimizning suv tizimi bilan bog‘liq holdagi taklif va topshiriqlarining "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetidagi ijrosi nuqtai nazaridan mulohazalarini bildirishdan iborat.

Mavzu yuzasidan universitetimiz rektori Bahodir Mirzayev universitet miqyosida amalga oshirilgan ishlar va rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi. 

O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vaziri Ibrohim Yulchiyevich Abdurahmonov qilingan ishlar bilan obdon tanishgach, yutuqlar o‘zimizniki yanada yangi marralarni zabt etish uchun intilish kerakligini e’tirof etdi.

Universitetimiz jamoasining tashabbus va tashkilotchiligi, ilm-fan va ta’limiy jarayonning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni u qadar yaqqol ko‘rinmayotganiga Prezidentimizning e’tiroznamo e’tirofini qayd etib o‘tdi.

Universitetimiz jamoasi hamkorlikda uch mobaynida keng qamrovli katta masshtab doirasida loyihani amalga oshirish kerakligini uqtirdi. O’zaro munozara va fikr-mulohazalarni bildirish  ruhida o‘tgan yig‘ilish yangi g‘oya va yangi rejalarga yo‘l ochdi deyish mumkin.

Universitet matbuot xizmati