Ilmsizga ishonch yo'q, hunarsizga quvonch
Joriy yilning 3 dekabr kuni QSXET fakulteti 3-kurs 301-302 – guruh talaba yoshlari bilan institut psixologi M.K. Muxamedova va ETvaEJF kafedrasi dotsenti O'.Xaliqnazarovlar ”Ilm olish odobi” mavzuida seminar trening o'tkazishdi. Tadbir talaba yoshlarning institutda ta'lim olishga nisbatan qarashlarini, qiziqishlarini va o'qish ular uchun nechanchi o'rinda ekanini aniqlash uchun tashkil etildi. Tadbir davomida har bir talabaning ilm talab qilish bo'yicha odoblari borligi va ularga rioya qilish zarur ekani to'g'risida fikr yuritildi. Ishtirokchilarga ilm toliblarining odoblari ikki qismga: ilmga nisbatan bo'ladigan odoblar va muallimga nisbatan bo'ladigan odoblarga bo'linishi va har bir talaba bu qoidalarga amal qilishi haqida ma'lumotlar berildi va ilm olishning naqadar ulug'vorligini yanada chuqurroq anglashlari uchun sharq mutafakkirlarining fikrlari misol qilib keltirildi:
“Men ikki kishiga achinganchalik boshqa hech kimga achinmaganman:Ilmni tushunmasdan turib o'rgangan kishiga, Ilmning muhimligini tushunib, uni o'rganmagan kishiga”. Tadbir qiziqarli tarzda savol - javoblar bilan o'tkazildi, tabbir davomida “Yoshlar va ta'lim” mavzucida so'rovnoma, “Siz qanday insonsiz?” mavzusida test olindi va muhokama qilindi. Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati