TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Mazmundor mashg'ulot

Hozirda nufuzli oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilishga qaratilgan bo’lib, ularning mustaqil fikrlashlarini shakllantirish usul va uslublari ko’rsatilgan.  Professional ta’lim yo’nalishi professor o’qituvchilari tomonidan talabalarning mustaqil ishlash mazmuni, shakli, metodlari hamda talabalarning mustaqil ishlashlariga metodik tavsiyalar berilgan.

Universitetning Professional ta’lim kafedrasi dotsenti D.Mustafoyeva boshchiligida  3-bosqich 313-guruh talabalari bilan ularning mustaqil ijodlarini boyitish bo’yicha trening mashg’uloti o’tkazdi. Mashg’ulotning asosiy vazifalaridan biri bo’lajak o’qituvchilarni o’z-o’zini rivojlantirishga, mustaqil ravishda kreativ bilimlarini ko’paytirishga, innovatsion faoliyatga qobil bo’lgan ijodiy shaxsiyatini shakllantirishga yo’naltirishdan iboratdir.

Universitet matbuot xizmati