Sog'lom turmush tarzining psixologik xususiyatlari
Joriy yilning 6 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va “Girotexnika qurilishi” fakulteti tyutori X.Saidovalar hamkorlikda “B”bino 403-xonada “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-kurs 108–111 guruh talaba yoshlari bilan "Psixologik nuqtai nazardan – sog'lom turmush tarzi va uning xususiyatlari" mavzusida seminar trening tashkil etdilar. Tadbir talaba yoshlar ongida salomatlik tushunchasi va turlari, uning jismoniy, ruhiy va axloqiy xususiyatlari, sog'lom turmush tarzining mohiyati nimada ekanligi haqidagi tushunchalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Sog'lom turmush tarzi – bu kundalik hayotda salomatlikni saqlash hamda mustahkamlashga qaratilgan tadbirlardan iborat bo'lgan turmush tarzidir. Ma'lumki, salomatlik yo'lidagi harakat birinchi galda sog'liqni asrash hamda sog'lom turmush tarzini tashkil etish hisoblanadi. Sog'lom turmush tarzining asosiy talablarini quyidagicha belgilash mumkin: sog'lom ovqatlanish; faol harakatli turmush va badantarbiya; kun tartibini oqilona tashkil qilish; shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish; zararli odatlardan tiyilish; tana vaznini me'yorda ushlash, organizmning ichki tozaligini ta'minlash; stresslarga chidamlilik va ruhiy barqarorlik, xonadon va atrof – muhitning tozaligi va hokazolar. Tadbirda barcha insonlar sog'lom turmush tarzi borasida bilim va malakaga ega bo'lishlari va har bir shaxs o'z salomatligiga avvalo o'zi mas'ul ekanligini unutmasligi lozim ekani haqida so'z yuritildi. Tadbir davomida salomatlikning 3 turi: jismoniy, aqliy va axloqiy (ijtimoiy) haqida ham to'xtalib o'tildi. Tadbir bahs va munozaralar, savol va javoblarga boy tarzda kechdi. Ayniqsa, Shohjahon va Temurlar boshqa talabalardan yaqqol ajralib, o'z faolliklarini namoyish etishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova va “Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutori X.Saidovalar axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati