TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

ART-terapiya orqali ichki olamga nazar

Joriy yilning  5 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Ahmedjanovalar  4-Talabalar turar joyi “Gidromelioratsiya ” fakulteti 1-kurs talaba qizlari bilan “Art-terapiya orqali o'z iqtidorimizni kashf etamiz” shiori ostida seminar trening tashkil etdilar. Seminar trening talaba qizlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va o'ziga bo'lgan past bahodan, xavotirlik, salbiy hissiyotlardan, ziddiyatli vaziyatlarda negativ kayfiyatni pozitiv tomonga o'zgartirish, shaxsning ijodiy salohiyatini ochib berish, hayotiy maqsadlar va ularga erishish yo'llarini belgilash, stressning salbiy ta'sirini kamaytirish, fikrlashni rivojlantirish, asab tizimining barqarorlashtirish, begonalar bilan muloqot qilishda to'siqlarsiz muloqotni hamda  ijobiy fikrlashni shakllantirish, asabiylikdan xalos etish maqsadida tashkil etildi.

Bugungi tadbir ertakli terapiyadan boshlandi. Barcha qizlarga davra bo'ylab soat strelkasi bo'ylab ertak to'qish ko'rsatmasi berildi. Ertakni boshlagan talaba qiz negativ voqeadan boshladi, keyingi qizlar uni pozitiv tomonga o'zgartirishdi. Ertak uch davra aylanib og'izma-og'iz o'tib oxiri negativ voqea pozitiv yakun bilan tugadi. Bu jamoaviy to'qilgan ertak barcha ishtirokchilarda katta taassurot uyg'otdi. Ertakli terapiya tugagach, vokaloterapiya mashg'uloti o'tkazildi. Bunda ishtirokchilarga bir qo'shiqni kuylash, qo'shiq tugagan harfidan yangi bir qo'shiqni kuylash topshirig'i berildi.Trening davomida barcha faol qatnashib, tadbir tugagandan keyin ham ishtirokchilar voqeani o'zaro muhokama qilishlari quvonarli holat. Va tadbirdan olgan pozitiv taassurotlardan kayfiyatlari ko'tarilganini aytib o'tishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova va "Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori G.Ahmedjanovalar axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati