Slovakiya mamlakatiga ketish oldidan
Joriy yilning 6 - fevral kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurulishi» fakulteti 1-bosqich talabalari va 4-bosqich talabasi Кupalov Behruz ishtirokida tadbir tashkil etildi. Behruz grant asosida Slovakiya mamlakatiga o'qishga ketayotganligi bois o'z yutuqlarini fakultet talabalari bilan bo'lishish va ularga motivatsiya berish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Behruz to'lqinlanib grantni qay tarzqa qo'lga kiritganligi toʻgʻrisida juda ham qiziqarli maʼlumotlar berib o'tdi.
Tadbir savol - javoblarga boy tarzda kechdi. Barcha talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Garantni qay tarzqa qo'lga kiritish mumkinligi to'g'risida va nimalarga e'tibor berish lozimligi haqida, qaysi fanlarga e'tibor qaratish kerakligi borasidagi ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
GTQ fakulteti tyutori D.S.Xursandova axboroti
Universitet matbuot xizmati