06.02.2024
Pokizalik – inson ziynati
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli 3- talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Qizlar va yigitlar qavatlaridagi xonalar, oshxonalar, kirxonalar, yo‘laklar, kompyuter xonalar, chiqindi tashlash joylari xam ko‘zdan kechirildi. Sovutgich va elektroplitalar tozaligi xam tekshirildi. Talaba – yoshlarga yotoqxona ikkinchi uyimiz ekanligi, uni asrab-avaylash kerakligi, toza, ozoda, pokiza yashash tarbiyamizning bir qismi ekanligi tushuntirib o‘tildi. Albatta tozalik – sog‘lik garovidir.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati