06.12.2021
Qalbga malhamlik hissi bilan
BMT tashkiloti tomonidan 3-dekabr –Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.
Shu kun munosabati bilan magistratura boʻlimi boshligʻi A.Yangiyev va faol magistrantlar 4-dekabr sanasida Darxon mahallasidagi nogironlar uylariga tashrif buyurib, ularning hol-ahvolidan xabar olishdi. Bunday sahovat tadbirlari institutimizda hali yana davom etajak.
TIQXMMI matbuot xizmati