TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2024

Qo'rquv - bu jasorat uchun imkoniyat

Joriy yilning 1 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va “Girotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandovalar hamkorlikda  “B”bino 307-xonada “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-kurs 105 – 107-guruh talaba yoshlari bilan "Qo'rquv, tashvish va salbiy his-tuyg'ulardan xalos bo'lish" mavzusida seminar trening tashkil etdilar. Tadbir talabalarda omma oldida so'zga chiqishdan, imtihon oldidan paydo bo'ladigan qo'rquv va fobiyalardan xalos etish, salbiy dunyoqarashning oldini olish maqsadida tashkil etildi. 


Biror narsadan vahimaga tushmagan odam bo'lmasa kerak dunyoda. Kimdir buni his-hayajon bilan ifodalasa, kimlardir buning sababini ruhiy holatdagi o'zgarishlarda deb biladi. Vaholanki, irodani chiniqtirish haqida ko'p gapiriladi. Shunday bo'lsa-da, hayotiy muammolarga sabab bo'layotgan va o'zligimizni anglashga to'sqinlik qilayotgan qo'rquv hissi ta'qib etishini inkor qilolmaymiz. Agar bu his osoyishta hayot kechirishimizga monelik qilayotgan bo'lsa, uni yengish mumkinmi? Bugungi seminar treningda ushbu savolga javob berishga harakat qildik. Talaba yoshlarga qo'rquvni yengish texnikalari haqida ma'lumotlar berildi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashdilar.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova va “Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutori  D. Xursandovalar axboroti  

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati