05.02.2024
Dars tahlili
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 102-guruh talabalarining ingliz tili darsi ochiq dars sifatida “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Mamadaliyev Adham Boymirzayevich tomonidan nazorat qilindi.
Buni qaranki, mavzu bizning universitetimiz haqida ekan “In my University”. Ma’ruza dars tashkil etuvchisi D. Mamadaliyeva tomonidan juda yaxshi tartibda olib borildi. Hech qaysi bir talaba e’tibordan chetda qoldirilmadi. Ingliz tili darsi bunchalar qiziq va maroqli. Talabalarga esa til o’rganishdan hormang va dadil davom eting deb qolamiz.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova axboroti
Universitet matbuot xizmati