TIQXMMI yangiliklari

img
05.02.2024

Sog’ tanda - sog’lom aql

Joriy yilning 4-fevral kuni  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti 1 - bosqich “Suv xo’jaligi va melioratsiya”si talaba yigitlari dam olish vaqtlarini maroqli va sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan holda o‘tkazish maqsadida guruh tyutori D. Axrarova tomonidan futbol musobaqasi  tashkil etildi.

Sovuq bo’lganiga qaramay talabalar futbol o’ynashga kirishib ketishdi. O‘zaro komandalarga  bo‘linib, darvozabonlar ham aniqlab olindi. Koptok maydonga tushdi va o‘yin boshlandi. O’yin qizg’in tus oldi. O’yinchilar koptokni quvar, jamoalar bir-biriga qarshi koptokni darvoza tomon tepar edi. O’yinchilar bir-biridan qolishmas, maydonda o’z mahoratini ko’rsatishdi. Sog’lom turmush tarziga amal qilish mana shunday bo’ladi. 

"Gidromelioratsiya" fakulteti  tyutori  D. Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati