“Nazariya va amaliyot uyg‘unligi”
2024 yil 3 fevral kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari uchun “Turonbank” ATB o‘quv xonasida “Turonbank” ATB O‘quv markazi rahbari Islom Salomov tomonidan “2024 yil Biznesni rivojlantirish” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarni “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, Turonbank bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan aloqalarning mazmun-mohiyati xususida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi
Ma’ruzada 2024 yil uchun Turonbankning byudjeti, bankning barcha aktivlari, bank kredit portfelini o‘sish prognozlari, bank majburiyatlari, bank mijozlarining aktivlarini jalb etish prognozlari, 2024 yil uchun foyda va zarar ko‘rsatkichlari, bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari va bankning IT sohasi uchun resurs ajratilishi to‘g‘rsida aniq ko‘rsatkichlar va raqamlar asosida mazmunli ma’ruza bo‘lib o‘tdi. Talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati