TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2021

  "TARG'BOT"chilar taqdirlandilar

O'zaro bellashuv intellektual salohiyatni namoyish etibgina qolmay, balki tezkorlik, tezfahmlik va insonda topqirlik qobiliyatlarini ham o‘stiradi. Kuni kecha Turkiston san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko’rik-tanlovining chorak finali o’tkazildi. Unda “Targ‘ibot”, “Og‘alar”, “Olmos”, “Omadli jentelmenlar”, “Jizzaxlik jiyanlar” jamoalari jami 3 ta: “Va nihoyat, uchrashdik mavzusidagi tanishtiruv, tezkor savol javob, “Orzular va imkoniyatlar” mavzusidagi musiqiy chiqish shartlarida o’z mahorat va iste'dodlarini namoyish etdilar.

Doimiy ravishda ijod bilan ijro uyg‘un bo‘lsa, jamoada g‘alaba sari ishonch mustahkamlanib boradi. Bu fikrning isbotini Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Targ’ibot” jamoasi g'alabasida ko’rish mumkin. Jamoa chorak finalda faxrli 1-o’rinni egallab, yarim finalda qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.  Jamoamiz quchgan zafar shonli va jonli jarayon hamda yaratilgan imkoniyatlarning mevasidir. Ushbu yutuq munosabati bilan institut tomonidan bir bazalik stipendiya miqdorida pul mablag'i bilan taqdirlandilar.

                TIQXMMI matbuot xizmati