Is gazidan zaharlanishdan saqlanish
2024 - yil 2 - fevral kuni “TIQXMMI” MTU “Yer resurslari va kadasr” fakulteti maʼruzalar zalida fakultet dekani Sh.Narbayev dekan muovini H.Eshova va fakultet tyutrlari tashabbusi bilan Toshkent shahrida ijarada va qarindoshlarinikida yashovchi talabalari uchun “Is gazidan zaharlanishning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish” mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriyev, Rektor maslahatchisi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari katta leytenant Bobur Abdujabborov hamda katta serjant Mirzohid Nosirovlar oʼz maʼruzalari bilash ishtirok etishdi.
Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriyev, Rektor maslahatchisi so`zga chiqib, tadbirni ochib berib, yigʼilish ishtirokchilarni bugungi mavzu boʼyicha tanishtirdi. Kuz-qish mavsumida aholi oʼrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda.
Soʼng soʼz navbatini Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari katta leytenant Bobur Abdujabborovga berdi. Tadbir mehmonlari bugungi mavzu boʼyicha talaba-yoshlarga maʼlumot berib, u oʼz nutqida tahliliga koʼra, Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki oʼlim holatlari koʼpayishi bugungi kunda Respublik boʼyicha 60 dan ortiq is gazidan zaharlanish xolatlari kuzatilganligi toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari koʼrilishi kerakligi boʼyicha mutaxassislar talaba-yoshlarga kerakli maʼlumotlar berib oʼtdi.
Jumladan, gaz plitasidan binoni isitish va uning ustida kiyimlarni quritish, shuningdek plitani nazoratsiz yoqilgan holatda qolishiga yoʼl qoʼymaslik. Bundan tashqari, gaz sizib chiqayotganini ochiq olov, masalan gugurt chaqib tekshirib koʼrish mumkin emasligi to’gʼrisida ham atroflicha gapirib oʼtdi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga Is gazi bilan zaharlanishni oldini olish chora-tadbirlari aks ettirilgan videorolik namoyish etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob berildi. Shuningdek, tadbirga soʼzga chiqqan mutaxassislar talabalarga eng avvalo, uy egasi bilan ijara shartnoma qilish lozimligi toʼgʼrisida kerakli, ijarada yashash tartib qoidalari toʼgʼrisida, ijarada yashash manzili boʼyicha mahalla hamda uchaska noziri bilan doimiy aloqada boʼlishlari lozimligi toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berishdi.
YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati