Talaba qizlar bilan davra suhbati
2024-yil 2 - fevralda 4 talalabalar turar joyida istiqomat qilayotgan “Yer resurslari va kadastr” fakultetining talaba qizlari bilan fevral oyida mo’ljallangan tadbirlar yuzasidan davra suhbati o’tkazildi. Fevral oyida “KITOBXON-QIZ” tanlovi va 16 fevralda “Ta’lim transformatsiyasi ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli” mavzusida IV xalqaro ilmiy amaliy anjumani o’tkazilishi to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. “KITOBXON-QIZ” tanlovi maqsadi: Talabalarni dunyoni anglab olishiga ko‘mak berish, shu bilan birga ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijobiy xarakterini tarkib toptirish, hayot va turmush ziddiyatlarini qanday qilib yechish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilganligi.
Tanlov talablari:
1."Men Malalaman" Malala Yusufzoy asari
2. "Ikki eshik orasi" O'tkir Hoshimov asari
3. "Imomning maneken qizi" Omina Shenliko’g’li asarlarini o‘qib o‘rganib chiqqanidan so‘ng, tanlovga ishtirok etishga tayyor qizlarni tanlov jarayonida savol-javob qilinishi natijasida g‘oliblar aniqlanishi va g’olib bo’lgan talaba qizlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishi aytib o’tildi. Ushbu davra suhbati universitet psixologi M.Muxammedova va pedagog-tarbiyachi S.Muxrumbaevalar qatnashdilar.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati