02.02.2024
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida talabalar o‘rtasida “anonim” so‘rovnoma o‘tkazildi
Ushbu so‘rovnoma “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti (fakultet, kafedra, unda xizmat qilayotgan xodimlar) faoliyatini baholash, faoliyat jarayonlarini yaxshilash, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. Mazkur so‘rovnoma natijalari yakuni bo‘yicha tahlil qilinib, 2024-yil 31-yanvar kuni universitet ilmiy kengashida kun tartibidagi masalada muhokama etilib tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.