Oila jamiyatning o‘zagi va o‘zani
Oiladagi munosabatlar, muomala madaniyati davrimizning eng dolzarb muammolaridan biri ekanligi keyingi vaqtlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Demak, hozirgi kunda yoshlarga oila haqida bilim berish va ularni oilaga tayyorlash juda katta ahamiyat kasb etadi. Joriy yilning 29- yanvar kuni “TIQXMMI” MTU, “Gidromelioratsiya” fakulteti talaba qizlari bilan “pazandalik sirlari” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbat fakultet xotin - qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova, fakultet tyutorlari Gulchexra Axmedjanova, Dilbar Axrarovalar va 4 - talabalar turar joyida yashovchi qizlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Talaba qizlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va shu bilan birga ularni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida bo‘lgan bu suhbat o‘zbek xalqining milliy taomlarini pishirish jarayoni bilan bo‘lib o‘tdi. Talaba qizlarning tayyorlagan taom va shirinliklari ustozlar tomonidan maqtovlarga sazovor bo‘lish bilan birga, kamchiliklari ham ko‘rsatildi. Talaba qizlarga nafaqat pazandachilik, balki oliladagai muomala madaniyati to’g‘risida ham tushunchalar berildi. Eng quvonarlisi shundaki, talaba qizlar mehr bilan o‘z pishiriqlarini o‘qiyotgan maskan nomlari bilan bezashdi. Aytish mumkinki, bunday suhbatlar oliygoh talaba-qizlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil qilish, uy-ro‘zg‘or yuritish sirlarini o‘rgatish, tansiq taomlar pishirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirishda asqotadi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova va fakultet tyutorlari Gulchehra Axmedjanova, Dilbar Axrarovalar axboroti
Universiteti matbuot xizmati