02.02.2024
Talabalar oshxonasidagi qizg‘in jarayon
Talabalarni har tomonlama oilaviy hayotga tayyorlash, ularni pishirish va ovqat qilishni qanchalik darajada bilishlarini hisobga olgan holda, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakultetiga qarashli 4- TTJ ga joriy yilning 31-yanvar sanasida tashrif buyurildi. Talaba-qizlarimiz bir-biridan pazanda, ular birgalikda bir oila, bir jamoa bo‘lib kechqurun uchun ovqat tayyorlashni boshlab yubordilar.
Talaba qizlarimizning bir-birlari bilan fikr almashinib, bilmaganlarini so‘rab do‘stona munosabatda bo‘lib ovqat tayyorlashlarini ko‘rib juda havasimiz keldi.
“Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati