“Suv – zar, suvchi – zargar”
Joriy yilning 31 - yanvar kuni “Gidravlika va gidroinformatika” professor-o‘qituvchilari, doktorantlar birgalikda kafedraga biriktirilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahri xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-73-sonli umumta’lim maktablari o’qituvchilari va o‘quvchilarga «Suv tekin emas» mavzusida davra suhbatlari tashkil etdilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga “Suv — ulug‘ ne’mat uni qadrlash va asrash har birimizga bog‘liq” shiori ostida tayyorlangan ichimlik suvini kundalik uy sharoitida qanday qilib tejash mumkinligi boyicha tayyorlangan video ro‘lik namoyish etildi va qo‘llanmalar tarqatildi. Suv xo‘jaligini rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish, suv tanqisligining salbiy ta'sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, suv va suvdan foydalanishga doir boshqa dasturlar, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi to’g’risida taqdimot shaklida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Suv – zar, suvchi – zargar” nomli qiziqarli viktorina va “Suvni birgalikda asraylik” mavzusidagi rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Universitet matbuot xizmati