Ichimlik suvidan foydalanishning moliyaviy tomonlari
„Suv tekin emas“, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozim” Sh.M.Mirziyoyev
Joriy yilning 29-yanvar kuni “TIQXMMI”MTU “Professional ta’lim” kafedrasi assistentlari S.B.Yarova, Y.O‘.Sayfiyeva hamda U.Jumamurodovalar kafedra yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar hamda «Ichimlik suvini tejash va undan oqilona foydalanish hamda uning moliyaviy-iqtisodiy tomonlari” mavzusi yuzasidan belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun maktabga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida S.B.Yarova, Y.O‘.Sayfiyevalar maktabda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar hamda bitiruvchi 11-sinflar uchun hozirgi kunda global muammoga aylangan ichimlik suvini tejash, undan oqilona foydalanish, suvga bo‘layotgan munosabatlarning ayanchli holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan taqdimot tayyorlab ma’ruza qilib berdilar. Taqdimotda “Astronomlar o‘zga sayyoralarda hayot bor yoki yo‘qligini bilmoqchi bo‘lsalar, avvalambor o‘sha sayyorada suv bor yoki yo‘qligini aniqlashga kirishishlari, chunki, hayot bo‘lishi uchun eng avvalo, suv mavjud bo‘lishi kerakligi, suv barcha tirik mavjudotlarning yashashi uchun tabiat tomonidan in’om etilgan oliy ne’matligi, odam organizmining suvsizlanishining salomatligimizga ta’siri, suvga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish faqat ekologik falokat emas, balki ma’naviy fojia ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari assistent U.Jumamurodova o‘qituvchilar uchun alohida monitoring xonasida psixologik trening tashkil etdi. Trening so‘nggida ustozlarning individual natijasiga qarab ularning ijtimoiy hayotda o‘z obrazlarini qanday ko‘rinishda ekanliklarini izohlab berdilar. Maktabning 11-“G” sinf o‘quvchilari uchun ularning yoshlariga munosib bo‘lgan o‘zining qiziqarli psixologik darslarini o‘tib berdilar.
Universitet matbuot xizmati