30.01.2024
Qalqon jamoatchilik guruhi faoliyati to’g’risida
TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida tashkil qilingan Qalqon jamoatchilik guruhi vakillari o’z ish faoliyatini olib bormoqda. Bugunga qadar universitet ichki tartib qoidasini buzgan va yotoqxona hududiga kech kelgan talabalar bilan reyd tadbirlarini olib bordilar. 27-yanvar kuni 2-TTJda belgilangan tartibga bo’ysunmagan talabalarga odob-axloq kodeksi haqida tushuntish ishlari olib borildi. Qalqon jamoatchilik guruhi ish faoliyati navbatchchilik asosida muntazam yo’lga qo’yilgan.