TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2024

Do‘stlik   dasturxoni.

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 110- guruh talabalari bilan 3- talabalar turar joyida bir piyola choy ustida do‘stona suhbatlashdik. Tez orada o‘choq tagiga o‘tinlar tashlandi. Kimdir piyoz, yana kimdir kartoshka tozalashga tushdi. Buxorolik talabamiz Farrux esa qo‘y go‘shtini chiroyli qilib bo‘laklarga ajratdi. Masalliqlar birin - ketin qozonga yo‘l oldi. Talaba - yoshlar musiqa sadolari ostida ovqat pishirishmoqda. Bunday tadbirlar talabalarni bir- birlari bilan yaqindan tanishib do‘stlashib olishlariga turtki bo‘ladi. Mana Buxorocha qozon - kabob ham tayyor. Dasturxonga marhamat.  

                                                                                                        "Iqtisodiyot" fakulteti tyutori   D. Egamova axboroti

                                                                    Universitet matbuot  xizmati