“Manfaatli hamkorlik-yutuqlar garovi”
“Malayziyaning Terengganu universiteti” (UMT) va “TIQXMMI” MTU rektorlari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memarandumi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 23 yanvar kuni “Malayziyaning Terengganu universiteti” (UMT) Iqtisodiyot va Ingliz tili kafedralari bilan “TIQXMMI” MTU Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit hamda Ingliz tili kafedralari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida o‘zaro manfaatli muhokama tashkil etildi. Onlayn o‘tkazilgan uchrashuvda:
- talabalar almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish va natijalarni nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish;
- professor-o‘qituvchilarning hamkorlikdagi loyihalar va tanlovlardagi ishtirokini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlik bo‘yicha qo‘yilgan o‘zaro hamkorlik qadamlari istiqbolda manfaatli bo‘lishiga umid qilamiz.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani U.Alimov ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati