"Mirzo Ulug'bek" Respublika tanloviga start berildi!
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbusini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko'nikma va malakasini oshirish, innovatsion g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida 2024-yilning 15-yanvaridan "Mirzo Ulug'bek" Respublika tanlovi uchun hujjat qabul qilish boshlanganini ma'lum qilamiz.
Umumiy maʻlumotlar
Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.
“Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin. Ushbu tanlov mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, koʻnikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi va har bir bosqich gʻoliblari bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, Respublika bosqichi gʻoliblari Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli oʻquv kurslarida bepul tahsil oladi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar boʻyicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.
Maqbullik shartlari
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu talablarga javob berish lozim:
Ushbu tanlovida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
Aniq bir gʻoya yoki loyihaga ega boʻlishi kerak;
IQ test natijasi 110 balldan past boʻlmasligi lozim;
Turli tanlovlarda gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega boʻlishi talab etiladi.
Foydali tomonlari Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-bosqichning gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom;
2-bosqichning bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom;
3-bosqich gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
Shu bilan birga, Respublika bosqichi gʻoliblari Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli oʻquv kurslarida bepul tahsil oladi. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar hududlar boʻyicha ishlab chiqarish tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlariga ixtiyoriylik asosida biriktiriladi hamda “Yoshlar akademiyasi” va “Kelajak liderlari klubi”ga jalb etiladi.
Hujjat topshirish
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
1-bosqich. Fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda oʻtkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzodlar 2-bosqichga yoʻllanma oladi;
2-bosqich. Aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar nomzodlar navbatdagi bosqichga yoʻllanma oladi;
3-bosqich. May oyida oʻtkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar yosh tanlovning Respublika bosqichi gʻolibi deb topiladi.
Qoʻshimcha murojaatlar rasmiy sahifaning soʻnggi qismida qabul qilinadi.