Navbatdagi sifat darsi
Joriy yilning 24-yanvar kuni Universitetimizning G bino 111-xonasida “Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasining navbatdagi sifat darslari tashkil etildi. Bunda taqdimod uchun chiqqan nomzodlar Sh.Shodiyev va G.Jumabayevalar dars o’tish rejalari bo’yicha o’zlarining taqdimotini namoyish etdilar. Daryolar, sel, oqim ko‘rsatkichlarini aniqlash bo’yicha Sh.Shodiyev sel oqimi ko‘rsatkichlarini aniqlash, sel oqimi davomiyligini aniqlash haqida tushuncha berdi. Tarqatiladigan variantlar haqida gapirdi. Daryolar sel oqim ko‘rsatkichlarini aniqlashni prizentatsiya ko‘rinishida tasvirlab tushuntirib berdi.
Sh.Shodievga “Sifat guruhi” a’zolari tomonidan savollar va ko‘rsatmalar berildi. Shundan so’ng so’z navbati G.Jumabayevaga berildi. G.Jumabayeva minimal oqimni kuzatish ma’lumotlari yetarli bo‘lmaganda va umuman bo‘lmaganda hisoblash” mavzusi doirasida o’z taqdimotini boshladi. U dastlab daryoning elementlari haqida va undan keyin uni aniqlash usullarini prezentatsiya ko‘rinishida tasvirlab tushuntirib berdi. Tarqatma materiallar va topshiriq variantlari berilishi haqida gapirdi. G.Jumabaevaga “Sifat guruhi” a’zolari tomonidan savollar va ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, amaliy mashg'ulotda o‘tiladigan tushunchalarni ko‘proq tushuntirishga e’tibor qaratish lozimligi haqida ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, boshqa savollarga ham javob berildi.
Universitet matbuot xizmati