Talabalardagi zavqni ko'rib
Odatda talabalarni tadbirlarga, badiiy kechalarga jalb etishda uning tarbiyaviy, maʼnaviy ahamiyati nazarda tutiladi. Ayniqsa, bunda jamoaviy sayohat va tashriflar juda muhim. Bir tomondan boriladigan joy - muzey kino, teatrlarimiz mazmunan talabalarga vatanparvarlik, ajdodlarga hurmat ruhini singdirsa, ikkinchi tomondan talabalarning guruh bilan hamjihatligiga, erkin muloqotiga, turli mavzularda fikr almashishiga, ularning hamkorlikda yoʻl tutishlariga sharoit yaratadi. Bu gal ham ana shunday ezgu maqsadni koʻngilga tugib "TIQXMMI”-MTU “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ” fakulteti 1 - bosqich 101 - guruh talabalari” bilan "Temuriylar tarixi" davlat muzeyida bordik. Metroga tushishimiz bilan talabalarimdagi kayfiyatni, ulardagi samimiyatni koʻrib juda quvondim. Turli viloyatlardan boʻlgan, turlicha dunyoqarashga ega bolalarning bir jamoada aka - ukalardek munosabatlaridan zavqlandim. Faqatgina oʻgʻil bolalardan iborat boʻlgan bu jamoa yuqoridagi fikrlarimning isboti oʻlaroq har doimgidek faollik va ishtiyoq bilan talabalikning yana bir sururli zavqini his etdi desam adashmayman.
QXM fakulteti tyutori Abdullayeva Oliya axboroti
Universitet axborot xizmati