TIQXMMI yangiliklari

img
23.01.2024

“Ishlaganday bo‘laylik” spektaklini ko‘rib

Joriy yilning 19 yanvar kuni "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D Axrarova  madaniy hordiq  chiqarish  maqsadida fakultetda tahsil olayotgan 1-kurs  faol talabalari bilan O‘zbekiston davlat drama teatrida O’zbekiston xalq yozuvchisi  Erkin A’zam qalamiga mansub “Ishlaganday bo‘laylik” nomli spektaklni tomosha qilishga borishdi.

Spektakl satirik janr bo’lib, bugungi kun jamiyatining yuziga oyna tutadi. Spektaklda hozirgi davr talabalari uchun  ayni jamiyatdagi insonlarga sahnada o’z aksini ko’rish imkonini yaratadi. Spektakl yarim hazil, yarim chin tarzida bo‘lib o‘tadigan voqealar, aslida asl hayot, haqiqat ekanini tomoshabin o‘zi istamagan holda anglaydi.  Bo’lib o’tgan sahna ko’rinishlardan  talabalar juda katta taassurotlar bilan qaytishdi.

"Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori  D. Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati