TIQXMMI yangiliklari

img
22.01.2024

Ilm yo‘lidagi ilk qadam

Bugungi kunda iqtidorli yoshlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish hamda iste’dod va iqtidorlarini doimiy rag‘batlantirish borasida yurtimizda ko‘plab amaliy ishlar qilib kelinmoqda. Shu nuqtai nazardan bu borada “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning natijasi ularoq universitetda iqtidorli talabalar soni yildan-yilga oshib universitet rivojiga sezelarli darajada hissa qo‘shmoqda.

Ushbu amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish va universitetda iqtdorli talabalar sonini yanada oshirish ularning, ilmiy va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida “Ilmiy maqola yozishni o‘rgatish bo‘yicha seminar-trening”lar tashkil etilmoqda. Joriy yil 19-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va Yer resurslari va kadastr fakultetlarida ushbu seminar-treninglar o‘tilishi boshlandi.

Seminar-treningda fakultetlarning barcha bosqich talabalari va magistrantlari faol ishtirok etishdi. Seminar-trening talabalarga tushunarli tarzda o‘tilishi uchun dastavval ularga ilmiy maqola nima o‘zi? Ilmiy maqola qanday yoziladi? Va shu kabi savollar asosida tashkil etildi. Seminar-treninglar barcha fakultetlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib reja asosida bir oy mobaynida o‘tkaziladi.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti