TIQXMMI yangiliklari

img
20.01.2024

Xotin-qizlar Xor jamoasi yuksak parvozlarga shay!

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi va xormeysteri M.K.Muhammedova tomonidan Professor-o'qituvchi va tyutorlarda “kasbiy yonish” sindromini oldini olish hamda “Vokaloterapiya” orqali stresslardan xalos etish maqsadida Xotin – qizlar kengashi a'zolaridan Xor jamoasi tashkil etildi.

Jamoa ilk ijodini “Vatan himoyachilari” kuni yaqin bo'lganligi sababli  “Leytenant” qo'shig'ini ijro etishdan boshlashdi. Jamoa a'zolariga sahna nutqi va madaniyatidan saboq darslari va ovoz yozish studiyasida ishlash uslublari yuzasidan tadbirlar tashkil etildi. Bundan tashqari jamoa a'zolariga ijro etiladigan qo'shiqqa sahna ko'rinishi tayyorlandi va sahnaga ishonch bilan chiqish uchun, qo'rquvlarni yengishga mo'ljallangan trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Xotin-qizlar Xor jamoasi 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbirda faol ishtirok etishib, "Leytenant" nomli qo'shiqni kuylashdi. Jamoa ilk chiqishidayoq tomoshabinlar qalbini zabt etib, olqishlarga sazovor bo'lishdi. Butun zalda o'tirgan tomoshabinlar yoppasiga o'rinlaridan turib olqishlashlari, jamoa a'zolariga kelgusi ijodlarida yuksak parvoz qilish uchun qanot bag'ishladi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati