17-yanvar «Xalqaro ustozlar kuni»
Har bir insonning hayotda, ilm yoki kasb-hunar yoʻlida ustozi boʻladi. Ustoz bu yillar davomida toʻplagan tajribasi, bilim va mahoratini shogirdiga oʻrgatadigan, shogirdining yutuqlaridan quvonadigan, otaday ulugʻ shaxs. Ustozsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi. Dunyoda ustozning mehnatidan og’ir mehnat yo’q. Hech narsani bilmaydigan yosh bolaga o’qish-yozishni o’rgatguncha chekiladigan mashaqqatni gapirmasak ham bo’ladi.
O’ylab ko’rsak, bir odamni ilmsizlik, johillik va iymonsizlikdan saqlab qolamiz. Gunoh va ma’siyat botqog’iga tushib, hayotda qoqilmasin deb, qo’limizdan kelgan, o’zimizda bo’lgan bor ilmni ularga beramiz. Gohida shogirdlarga qattiq tanbehlar beriladi. Maqsadimiz esa ularning xatolarini to’g’rilab, isloh qilish. Sa’diy demishlarkim: “Ota-onaning mehridan, ustozning javri yaxshidur”, deb. Biroq ustoz bag’rikeng va kechirimli, shogirdlarining haqiga duo qiluvchi bo’ladi. Arzimas narsalarga jahli chiqmasligi, shogirdlaridan ko’ngli qolmasligi, ayniqsa, ularni duoi bad, qarg’ashdan o’zini tiymoqligi zarur.
Zero, ota-ona kabi ustozning duosi ham radsiz qabul bo’ladi. Bugun ana shunday insonlarning bayrami – Xalqaro ustozlar kuni ekan. 17 yanvar xalqaro Ustozlar kuni munosabati bilan 2024 yil 19 yanvarda Yer resurslari va kadastr fakulьtetida bir necha yil Universitetning Oliy matematika kafedrasida faoliyat yuritgan Ustoz dots. Xalima opa Raxmatova bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Yer resurslari va kadastr fakulteti dekani o’rinbosari X.Eshova, Universitetimiz psixologi M.Muxamedova, tyutorlarimizdan M.Turg’unova va fakultetimiz pofessor- o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Xalima opa Raxmatova talabalar bilan ochiq muloqat qilib, o’zlarining xayot tajribalaridan gapirib berdi. Bizga ilm bergan, bilmaganlarimizni oʻrgatgan ustozlarimizni bugungi bayramlari bilan tabriklab, ularga minnatdorlik bildirib qoʻyamiz.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova va dekani o’rinbosari X.Eshovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati