Ta’limning nazariy qismi amaliy qismi bilan bog’liq – hamkorlik esa uni malakaga aylantiruvchi yagona yo’ldir!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 8 - maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3702-sonli qarori, 2019 - yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5812-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 29 - martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 163-son qarorlari ijrosini ta’minlash va talabalarning amaliyotlarini professional ta’lim muassasalarida o’tkazish maqsadida - “Gidromelioratsiya” fakultetining 5111007-Professional ta’lim (Suv xo‘jaligi va melioratsiya), “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 5111005–Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-kurs talabalariga (4 haftalik 12.09.-8.10.2022) “Pedagogik” va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 60112400–Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalarga (2 haftalik 10-22.10.2022) “Pedagogik-tanishuv” amaliyotlari tashkil etildi.
Ayni damda yoshlarni kasbga bo’lgan qiziqishlarini yana oshirish maqsadida olib boriladigan chora tadbirlar institutimizda yuqori saviyada tashkil etilgan bo’lib, bundan talabalarimiz ham samarali foydalanib kelishmoqda. "Gidromeliorasiya" fakultetining professional ta’lim yo’nalishining 3 – bosqich talabalari Qibray tumanining professional ta’lim maktabida o’z bilimlarini va dual ta’limni amalda qo’llash maqsadida ta’lim faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.
“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti D.I.Mukumova axboroti
Universitet matbuot xizmati