TIQXMMI yangiliklari

img
25.09.2022

Muzeylar bo‘ylab sayohat

        YeRB fakulteti 101-102 guruh talabalari bilan Sergey Borodin uy muzeyiga sayohat qildik. Tashrif vaqtida Borodinning kuyovi shoir , yozuvchi Raim Farxadi bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘ldik. Muzey xodimi Dildora talabalarga Borodinning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.       

     

Keyingi sayohat Sergey Yesenin muzeyiga bo‘ldi. Muzey direktori Nazarova Nigora Fayzullaevna bilan suhbat qurdik. Ular bizni Yeseninning qisqa va sermazmun hayoti va ijodi bilan tanishtirdilar.

      So‘nggi tashrif Tamaraxonim uy muzeyiga uyushtirildi. Talabalar raqqosaning juda qiziqarli hayoti va jo‘shqin san’ati haqidagi suhbat va uni namoyon qiluvchi  har xil millat va elatlarga mansub liboslarni ko‘rib, bu buyuk raqqosa haqida tasavvurga ega bo‘lishdi.

 Fakultet tyutori D. Egamova axboroti