26.09.2022
Mini futbol musobaqasi
Sport jismoniy va aqliy qobiliyatlarning uyg’unligi hosilasidir. U o’ziga xos tayinli qoidalarga egadir. Sport bilan shug'ullanadigan insonninig xotirasi kuchli bo'ladi! Joriy yilning 25 sentabr kuni 5 ta muhim tashabbusdan 2-tashabbusining bajarilishini ta'minlash maqsadida talabalarni sport bilan muntazam shug'ullanishga chaqirib Universitetimizning “SXTE va B” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini J.Turdiyev va fakultet yetakchisi I.Suyunov boshchiligida 1-kurs guruhlari o'rtasida "Futbol millionlar o'yini" mavzusida mini futbol musobaqasi o'tkazildi. Murosasiz va qizg'in kechgan musobaqadagi g'olib jamoalar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Universitet matbuot xizmati