TIQXMMI yangiliklari

img
20.09.2022

Maqsadsiz yashamas idrokli inson

Ziyoli insonning hayotida o’qish va ish faoliyati muhim o’rin tutadi. Ma’lum bir soha bo’yicha mutaxassis bo’lish, o’zining gorizontal va vertikal karyerasini o’ylagan inson bilim va nutqiy ko’nikmaga o’z diqqatini qaratmasdan qolmaydi. Bugun GTQ fakultetining so’z va san’atga e’tibori yuqori bo’lgan bir guruh birinchi kurs talabalari bilan xuddi shu mavzuda universitetimizning matbuot kotibi R. Jumaniyozov bilan ijodiy muloqot uyushtirildi. U talabalarga maqsad qo’yishning psixotexnologiyasi hamda muloqot etiketi yuzasidan ma’lumotlar beraturib qiziqarli misollar keltirib o’tdi. Talabalarning aksariyati yuksak bilim va notiqlik barcha muvaffaqiyatlar kafolati va omad kaliti ekanligfiga iqror bo’lishdi. Har qanday idrokli insonning faoliyati o’z maqsadiga intilish bilan bog’liqligini his etishdi.

Universitet matbuot xizmati