Maqsad manzilgohi - inson ko‘ngilgohi
Maqsadsiz insonni yo'lga chiqqan-u, lekin qayerga borishini bilmaydigan insonga o'xshatishadi. Inson yashar ekan, o'z oldiga maqsad qo'yib, unga erishish uchun harakat qiladi. Zero, har qanday harakat albatta natijasini beradi. Universitetimizning SXITE va B fakulteti 4-bosqich 406-guruh talabasi Abdullayeva Muniraxonni maqsadlari yo'lida tinmay harakat qilib kelmoqda desak, ayni haqiqatni gapirgan bo'lamiz. Bir yilda 3-4 marta o'tkaziladigan WORD BOCCIA CHALLENGER ya'ni xalqaro musobaqaning navbatdagisi ITLIYA poytaxti Rim shahrida bo'lib o'tdi. Ushbu xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilish maqsadida Universitetimiz talabasi Abdullayeva Munira ishtirok etib, saralash bosqichida g'olib bo'lib, final bosqichiga yo'llanma olib qaytdi. Abdullayeva Muniraga kelajakda mustahkam sog'lik, kuchli iroda, hamisha omad hamrohi bo'lishini tilab qolamiz.
Ma'lumot uchun: Boccia (ital. Bocce - to'p) – aniqlikni talab qiladigan o’yin bo’lib, kelib chiqishi Rim imperiyasida tarqalgan to’p bilan o’ynaladigan sport o’yinlari bo’lgan bouling va petanka sport oilasiga mansub bo’lib, Kyo’rling sport turiga ham o’xshab ketadi. Bochcha 1984 yilda Paralimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan.
SXITE va B fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati