TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2022

Fanni qiziqarli o’tish - mahorat

Har bir tilning imkoniyatlaridan foydalana olish avvalo, millatning adabiy tiliga mehr va havasdan boshlanadi. Biz shuni his etmasganimizda bugungi darsning lazzatini tuymagan bo’lardik. Alqissa, buyuk va go'zal Respublikamiz haqida ko'plab ma'lumot oldik. Yaqindan har bir viloyat, har bir shahar bilan tanishdik. Yanada ta'kidlab o'tmoqchimanki, ustozimiz Nilufar Abdullaevna har birimiz bilan psixologik yondashuv olib bordilar. Dars juda maroqli bo'ldi. Biz mustaqil firlashdik, tanqidiy tafakkur qildik. Dars interfaol mashg'ulotlarga boy, integratsiyalashgan sharoitda o'tkazildi. Darsimizda Amerkadan kelgan Indiana universitetining  tilshhnos olimasi Umida Hikmatulla ishtirok etdilar. Talabalarga AQSh shaharlari haqida so'zlab bizni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Kelajakda hamkorlik loyihalari ustida ishlash uchun kelishib oldik.

“Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti bugalteriya yo'nalishi 1 - bosqich talabasi Zumrad Yuldasheva axboroti

Universitet matbuot xizmati